“Arsenal” navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
Angliya Premyer-ligasi 4-turidan oʻrin olgan bahsda Mikel Arteta boshqaruvidagi “Arsenal” oʻz maydonida “Nottingem Forest”ni qabul qildi.
Uchrashuv “toʻpchilar”ning 3:0 hisobidagi yirik gʻalabasi bilan yakunlandi. Gollarga jamoaning yozdagi yangi xaridlari — “Real Sosiyedad”dan kelgan Martin Zubimendi (dubl) va “Sporting”dan olib kelingan Viktor Gyokeres mualliflik qildi.
Sofascore portali Zubimendining oʻyinini 9,2 ballga baholadi. Bu shu paytgacha “Arsenal” futbolchilari orasidagi eng yuqori koʻrsatkich sifatida qayd etildi.
Maʼlumot uchun, “Arsenal” endilikda navbatdagi uchrashuvini UEFA Chempionlar ligasida “Atletik Bilbao”ga qarshi oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring