AQSHning mashhur kompaniyasi sudda Donald Trampga yutqazdi

AQSHning amaldagi prezidenti Donald Tramp va CBS telekanali oʻrtasidagi sud ishi boʻyicha kelishuvga erishildi. “Paramount” kompaniyasi, yaʼni CBS telekanalining egasi, Tramp bilan kelishuv asosida 16 million AQSH dollari toʻlaydigan boʻldi. Mazkur mablagʻ Trampning kelajakdagi prezidentlik kutubxonasi uchun yoʻnaltiriladi, Trampga shaxsan toʻlov amalga oshirilmaydi.
Tramp CBS telekanalini sudga bergan, uning daʼvosiga koʻra, “60 Minutes” dasturida vitse-prezident Kamala Harris bilan oʻtkazilgan intervyu notoʻgʻri tahrirlangan va bu orqali demokratlarga saylovda ustunlik berishga urinish boʻlgan. Kelishuv doirasida kompaniya uzr soʻrash yoki afsus bildirish majburiyatini olmaganini ham taʼkidladi.
Sud jarayonida maʼlum qilinishicha, intervyuning turli montaj qilingan versiyalarida Kamala Harris Isroil va HAMAS oʻrtasidagi mojaroga turlicha izoh bergani kuzatilgan. Bungacha CBS kompaniyasi daʼvoni mutlaqo asossiz deya baholagan va rad etishga uringan.
Shuningdek, “Paramount” kelishuv doirasida kelajakda AQSH prezidentligi uchun nomzodlar bilan oʻtkaziladigan intervyular matnini toʻliq efirdan soʻng eʼlon qilib borishga rozi boʻldi. Bunda zarur hollarda huquqiy va milliy xavfsizlikka oid qisqartirishlarga ruxsat etiladi.
Tramp ilgari ham ommaviy axborot vositalariga qarshi koʻplab daʼvolarni qoʻzgʻatgan edi. Jumladan, oʻtgan yili ABC telekanali bilan 15 million dollarlik kelishuvga erishilgan. Bundan tashqari, “Meta” kompaniyasi (Facebook va Instagram egasi) Tramp bilan 25 million dollarlik kelishuv tuzgan.
Tramp shuningdek, “Des Moines Register” gazetasi va uning sobiq sotsiologini ham sudga bergan. Uning daʼvosiga koʻra, Ayova shtatidagi soʻrovnomada Harrisning yetakchilik qilayotgani notoʻgʻri koʻrsatilgan.
Mazkur sud ishi dastlab federal sudda koʻrib chiqilgan boʻlsada, 30-iyun kuni Tramp uni Ayova shtati sudiga koʻchirgan. Tramp, shuningdek, ommaviy axborot vositalarini yolgʻon va chalgʻituvchi materiallar tarqatishda ayblashda davom etmoqda. Hozircha boshqa tafsilotlar oshkor etilmadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring