AQSHda oʻz “oʻlimi”ni sahnalashtirib, oʻzbekistonlik ayol yoniga qochgan erkak jazoga tortildi
Foto: NYP
AQSHda koʻp bolali ota Rayan Borgvardt oʻz “oʻlimi”ni sahnalashtirib, Yevropaga qochgani uchun sud hukmiga tortildi. New York Post xabariga koʻra, u 89 kunlik qamoq jazosiga hukm qilindi hamda tergov ishlariga sarflangan resurslar uchun 30 ming dollar toʻlashga majbur etildi.
2024-yil 12-avgust kuni mahalliy vaqt bilan 17:32 da Grin-Leyk okrugi sherif idorasi Rayan Borgvardtning yoʻqolgani haqida xabar olgan. Ortidan uning avtomobili memorial bogʻ yaqinidan topilgan, Grin-Leyk koʻli esa oxirgi boʻlgan manzili sifatida qayd etilgan. Qidiruv jarayonida agʻdarilgan qayiq ham aniqlangan.
Maʼlum boʻlishicha, yoʻqolishidan oldin Borgvardt pasportini suratga olgan, pullarni xorijiy bankka oʻtkazgan, elektron pochtasini almashtirgan, Oʻzbekistonlik ayol bilan muloqotda boʻlgan, 375 ming dollarlik sugʻurta rasmiylashtirgan va aviakompaniyalardan bonus kartalari sotib olgan.
Erkak dekabr oyida AQSHga qaytgan.
Qayd etilishicha, Rayan Borgvardt 22 yil birga yashagan turmush oʻrtogʻi tomonidan sudga berilib, ajrashish jarayoni boshlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring