AQSHda oʻrtacha umr koʻrish oxirgi 25 yil ichida rekord darajada tushib ketgan

22:02 22 Dekabr 2022 Dunyo
2307 0

Illyustrativ foto

Amerika Qoʻshma Shtatlarda soʻnggi 25 yil ichida oʻrtacha umr koʻrish rekord darajada pasaygan. Mamlakat kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilda tugʻilgan chaqaloqlarning taxminan 76,4 yil umr koʻrishini kutilmoqda.

Bu 1996-yildan beri eng past koʻrsatkichdir. Masalan, 2019-yilda tugʻilgan amerikaliklarni oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi hozirda 78,8 yoshni tashkil etmoqda. Bu 2021-yil koʻrsatkichidan 2,4 yilga koʻpdir.

Taʼkidlanishicha, raqamlarning pasayishi AQSHda kutilayotgan uzoq umr koʻrishning barqaror oʻsishidan uzoqlashishni anglatadi. Ushbu tendensiya soʻnggi 20 yil ichida rivojlanmoqda. Mamlakatda uzoq umr koʻrish davomiyligi qisqarishining asosiy sababi — bu “COVID-19” pandemiyasi ekan.

Bundan tashqari, mutaxassislar AQSHda “giyohvandlik epidemiyasini” kuchayganiga eʼtibor qaratgan. Izohlanishicha, cheklovlar va turli klinikalar yopilishi tufayli koʻplab amerikaliklar zarur yordamga ega boʻlmagan. Giyohvand moddalarga qaram boʻlganlarni hech kim toʻxtatmagan, shuning uchun ular yana psixofaol moddalarni isteʼmol qila boshlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?