AQShda bola savdosi uchun sudlangan oʻzbekistonlik deportatsiya qilindi
Bolalarni jinsiy ekspluatatsiya qilish maqsadida savdo qilish aybi bilan sudlangan Oʻzbekiston fuqarosi AQSHdan deportatsiya qilindi. Bu haqida AQSH Immigratsiya va bojxona xizmati oʻzining Instagram sahifasida maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston fuqarosi M.A. bolalarni jinsiy ekspluatatsiya qilish maqsadida sotish bilan bogʻliq uchta jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. U qamoq jazosini oʻtab boʻlgach, AQSH Immigratsiya va bojxona xizmati tomonidan Oʻzbekistonga deportatsiya qilingan.
Shuningdek, AQSH Ichki xavfsizlik vazirligi bunday jinoyatlarga qarshi kurash doirasida “Know2Protest” nomli milliy kampaniya davom etayotganini eslatib oʻtdi.
Maʼlumot uchun, “Know2Protest” nomli milliy kampaniya bolalar, oʻsmirlar, ota-onalar hamda kattalarni internetdagi jinsiy zoʻravonlik va ekspluatatsiyadan himoya qilish va xabardor qilishga qaratilgan dastur hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring