AQSH zarbalari Eron yadroviy inshootlariga yetkazgan zarari oshkor qilindi
Foto: Reuters
AQSH zarbalari Eronning Fordodagi yadroviy inshootiga jiddiy va sezilarli zarar yetkazgan. Bu haqda Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi “CBS News” telekanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.
“Fordoda nima sodir boʻlganini hali hech kim aniq bilmaydi. Biroq hozirda bizda obyektlar jiddiy va katta zarar koʻrgani haqida maʼlumot bor. Ayni paytda Islom Respublikasi Atom energiyasi tashkiloti baholash va tahlillarni oʻtkazmoqda, shundan soʻng hisobot hukumatga taqdim etiladi”, — dedi diplomat.
Aroqchining taʼkidlashicha, mutaxassislar zararni baholagandan keyingina obyektlarni qayta ishga tushirish mumkinmi yoki yoʻqligini tushunsa boʻladi. Bundan tashqari, vazir Eronda yadroviy qurol yaratish diniy nuqtayi nazardan taqiqlanganini eslatdi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Eron prezidenti Masʼud Pezeshkiyon mamlakatning Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik (AEXA) bilan hamkorligini toʻxtatuvchi farmon chiqargan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring