AQSH yana Isroilning ortiga oʻtdi. Entoni Blinken 20 milliard dollarlik qurol yetkazib berishga rozi boʻldi
Foto: bgvoice.com
Amerika Qoʻshma Shtatlar Isroil bilan qiymati 20 milliard AQSH dollardan ortiq boʻlgan muhim qurol yetkazib berish bitimini maʼqulladi. Bu haqda “Newsweek” nashri xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, shartnoma Isroilning mudofaa qobiliyatini oshirish uchun “F-15” qiruvchi samolyotlari va tank oʻq-dorilari kabi ilgʻor qurollarni yetkazib berishni oʻz ichiga oladi. AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken ushbu loyihani maʼqullagan.
Qurollarni yetkazib berish bir necha yil davom etishi kutilmoqda. Birinchi paket 2029-yilga qadar amalga oshiriladi. Shartnoma shuningdek, Isroilning “F-15” samolyotlari parki uchun maxsus toʻplamlarni ham oʻz ichiga oladi.
Qaror Isroil va XAMAS oʻrtasida davom etayotgan mojaro fonida qabul qilingani mojaroning davomiyligini oshirib yuborishi mumkin. Isroilning tinimsiz hujumlari ortidan Gʻazoda 10 mingdan ortiq tinch aholi qurbon boʻlgan boʻlib, ushbu talafotlar kasalxonalardan tortib, tinch aholi uylarigacha yetib borgan.
Yaqinda Bayden maʼmuriyati Isroil tomonidan Gʻazoning aholi gavjum hududlariga havo hujumlari uyushtirilishidan xavotirlanib, baʼzi bombalarni Isroilga yetkazib berishni kechiktirgandi. AQSH muzokaralar boshlash kerakligini qayta-qayta aytayotgan boʻlsa-da, jang uchun qurollarni yetkazib berishdan tiyilmayapti.
Avvalroq, Donald Tramp Venesuelaga qochib ketmoqchiligi haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring