AQSH yadro laboratoriyasi xakerlar hujumiga uchradi
Qoʻshma Shtatlardagi eng yirik xavfsizlik laboratoriyalaridan biri boʻlgan “Idaho National Laboratory“ milliy laboratoriyasining axborot tizimiga kiberhujum uyushtirilgan va minglab xodimlarning shaxsiga oid (F.I.Sh., tugʻilgan sanalari, elektron pochta manzillari, telefon raqamlari, uy manzillari va boshqa yopiq) maʼlumotlari Internet tarmogʻida tarqatib yuborilgan.
Maʼlum boʻlishicha, ushbu kiberhujum “SiegedSec“ xakerlar guruhi tomonidan amalga oshirilgan.
Maʼlumot uchun, “Idaho National Laboratory“ (INL) AQSHning yadroviy energetika sohasida muhim tadqiqotlar olib boradi va katta ahamiyatga ega boʻlgan maxfiy maʼlumotlar bazalarini saqlab keladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring