AQSH Venesuelaga urush bilan tahdid qilmoqda — Maduro

10:56 17 Sentyabr 2025 Dunyo
88 0

Foto: AP

AQSH Venesuelaga urush bilan tahdid qilmoqda va respublikadagi hukumatni oʻzgartirishga harakat qilmoqda. Bu fikrlarni Venesuela prezidenti Nikolas Maduro aytib oʻtdi.

“Bugun biz Karib dengizida Venesuelaga qarshi urush tahdidiga duch kelyapmiz, AQSH tabiiy boyliklarimizni tortib olishga va qoʻgʻirchoq hukumat oʻrnatishga urinmoqda”, — dedi Maduro Suverenlik va tinchlik boʻyicha Milliy kengash yigʻilishida.

Uning soʻzlariga koʻra, bu tahdidni zararsizlantirish va yengish uchun Venesueladagi “barcha kelishmovchiliklarni tugatib” birlashtirish zarur.

Shu yilning 2-sentyabr kuni AQSH prezidenti Donald Tramp AQSH harbiy-dengiz kuchlarining xalqaro suvlarda oʻtkazgan operatsiyasi natijasida Venesuela narkokartelining oʻn bir aʼzosi yoʻq qilinganini maʼlum qildi. Bunga javoban Maduro oʻz mamlakati soʻnggi asrdagi AQSH bosqinining eng jiddiy tahdidiga duch kelganini aytdi va yigirma besh ming askarni safarbar qilishni buyurdi.

Shu munosabat bilan Venesuela prezidenti va Milliy bolivar qurolli kuchlari oliy qoʻmondoni Nikolas Maduro mamlakatni himoya qilish rejasini faollashtirdi. Bu haqda siyosatchining oʻzi “Venezolana de Television” telekanalida maʼlum qildi.

“Payshanba kuni biz xalqni «Mustaqillik 200: faol qarshilik va tinimsiz hujum” deb nomlangan reja boshlangani haqida xabardor qilamiz», — dedi Maduro.

U mamlakatni har tomonlama mudofaa qilish boʻyicha tezkor chora-tadbirlarni amalga oshirish boshlanganini, bunda qurolli kuchlar va xalq militsiyasi ishtirok etayotganini maʼlum qildi. Maduroning taʼkidlashicha, “kommunalar uyushtirilgan va har qanday nostandart vaziyatlarda barcha yoʻnalishdagi vazifalarni bajarishga tayyor”.

Maduro Venesuela oʻz saʼy-harakatlari bilan erishilgan tinchlikni himoya qilish niyatida ekanligini taʼkidladi va “xotirjamlik, jasorat, matonat va sobit eʼtiqod bilan imperator tahdidlarini rad etuvchi venesuelaliklarning mutlaq koʻpchiligining vatanparvarligidan” mamnunligini bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер