AQSH va Venesuela maxfiy tarzda neft muzokaralari olib bormoqda — BILD
AQSH va Venesuela Qoʻshma Shtatlardagi neftni qayta ishlash zavodlariga neft yetkazib berish masalasi boʻyicha maxfiy muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib BILD nashri xabar berdi.
Manbalarga koʻra, muzokaralar AQSHning Venesuelaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalari sharoitida neft taʼminotini tiklash imkoniyatlarini muhokama qilishga qaratilgan. Biroq, hozircha Oq uy, Venesuela hukumati va davlatga qarashli PDVSA neft kompaniyasi ushbu muzokaralar boʻyicha rasmiy bayonot bermagan.
Shuningdek, AQSHning yirik neft kompaniyalari rahbarlari 8-yanvar kuni Venesuelaga investitsiya kiritish masalalarini muhokama qilish uchun Oq uyga taklif qilinishi mumkin.
Avvalroq, AQSH prezidenti Donald Tramp Amerika neft kompaniyalari Venesuelaga qaytib, mamlakatdagi zarur infratuzilmani tiklashi lozimligini taʼkidlagan edi. Bildirilishicha, Venesueladagi operatsiyadan oldin ham keyin ham AQSH neft kompaniyalari bilan ehtimoliy investitsiyalar masalasi muhokama qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring