AQSH va Yevropa Ittifoqi savdo kelishuvi boʻyicha kelishib oldi — Tramp
Foto: Reuters
AQSH va Yevropa Ittifoqi savdo bitimi boʻyicha kelishib oldi. Bu haqda AQSH prezidenti Donald Tramp Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen bilan Shotlandiyada boʻlib oʻtgan uchrashuvdan soʻng maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, Yevropa Ittifoqi AQSHdan 750 milliard dollarlik energiya resurslarini sotib oladi va Qoʻshma Shtatlar iqtisodiyotiga yana 600 milliard dollar sarmoya kiritadi.
Tramp shuningdek, Yevropa Ittifoqining barcha davlatlari AQSH bilan nol tarif stavkasi bilan savdo qilish uchun oʻz bozorlarini ochishini qoʻshimcha qildi. Uning qoʻshimcha qilishicha, ushbu kelishuv “har ikki tomonni ham qoniqtiradi”. Bundan tashqari, AQSH rahbari Vashington Yevropa Ittifoqi bilan avtomobillarga 15 foizlik yagona tarif boʻyicha kelishib olganini taʼkidladi.
Oʻz navbatida, Ursula fon der Lyayen kelishuv barqarorlik olib kelishini aytdi.
“Bu bashoratlilikni keltirib chiqaradi. Bu Atlantikaning har ikki tomonidagi biznesimiz uchun juda muhim”, — dedi u.
Tuzilgan kelishuv Yevropa Ittifoqiga Tramp avvalroq joriy qilish bilan tahdid qilgan 30 foizlik tariflardan qochish imkonini beradi.
AQSH prezidenti iyul oyi oʻrtalarida Yevropa Ittifoqi tovarlariga tegishli hajmdagi tariflarni joriy etishi haqida ogohlantirgandi.
“2025-yilning 1-avgustidan boshlab biz Yevropa Ittifoqidan AQSHga yuboriladigan tovarlariga barcha tarmoq tariflaridan alohida 30 foizlik boj undiramiz”, — dedi u.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
- Toshkentda diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar oʻrtasida XІX xalqaro mini-futbol turniri tashkil etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring