AQSH Senati Jahon bankining Xitoyga kredit berishini taqiqlovchi qonun loyihasini taqdim etdi

Foto: Reuters
AQSH Senati Jahon bankining Xitoyga kredit berishini taqiqlovchi qonun loyihasini taqdim etdi. Bu haqda respublikachi senator Jon Barrasso Senat yigʻilishida maʼlum qildi.
“Qoʻshma Shtatlar oʻz mablagʻlari va resurslari Xitoyga emas, balki eng koʻp muhtoj boʻlgan mamlakatlarga ketishini taʼminlashi shart”, dedi u ushbu qonunga izoh berib.
Qonun loyihasi AQSH moliya vaziridan AQSH vakillariga “Xitoyga har qanday bank krediti, uzaytirish yoki texnik yordamga eʼtiroz bildirish”ni koʻrsatishini talab qiladi.
Avvalroq, “Lehman Brothers” moliya korporatsiyasi vitse-prezidenti Lourens Makdonald Xitoy Yevropa iqtisodiyoti va AQSHdagi isteʼmolchilarga nisbatan zaif ekanligi maʼlum qilgan edi. Bu Pekinni bank inqiroziga moyil qiladi.
Shu bilan birga, sobiq bankir Xitoyni inqiroz davrida qiymati koʻtariladigan “mustahkam aktivlarga” ega mamlakat deb atadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Islom sivilizatsiyasi markazida uzunligi 52 metr boʻlgan “Miniatyuralar devori” joylashtiriladi
- Olmazordagi “kimyoviy tuman”: emissiya nimalari bilan xavfli?
- Xavfsizlik kengashida ayrim masʼullar ishdan olindi
- Toshkentda yuz bergan “avariya”da 2005-yilda tugʻilgan haydovchi halok boʻldi
- Tabarruk tashriflarning totli mevalari
- Ommaviy axborot vositalari bu hafta Zelenskiy uchun muvaffaqiyatsiz boʻlishi haqida yozmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring