AQSH Senati Ukraina, Isroil va Tayvanga yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini maʼqulladi
Foto: AP
AQSH Senati Vashingtonning ittifoqchilari, jumladan, Ukraina, Isroil va Tayvanga tashqi yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini qabul qilish uchun ovoz berdi.
Yakuniy ovoz berish natijalariga koʻra, Senatning jami 79 aʼzosi qonun loyihasini qoʻllab-quvvatlagan, 18 nafari esa tashabbusga qarshi chiqqan.
Shunday qilib, Amerika Kongressining ikkala palatasi qonun loyihasini maʼqulladi. Endi u imzolash uchun AQSH prezidenti Jo Baydenga yuboriladi.
Ushbu qonun loyihasiga koʻra, Ukrainaga 60,84 milliard, Isroilga 26,4 milliard, Hind-Tinch okeani mintaqasidagi ittifoqchilarga 8,12 milliard dollar ajratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring