AQSH OAVlari Trampning jahlini chiqardi
AQSHdagi OAVlar tomonidan tarqatilgan maʼlumotlar Oq uyning keskin eʼtiroziga sabab boʻldi. Mahalliy nashrlar va telekanallar, xususan, CBC va “The New York Times” manbalariga tayanib, AQSHning Eron hududidagi zarbalari Tehronning yadroviy dasturini toʻliq toʻxtatmaganini, faqat qisqa muddatga, bir necha oyga kechiktirganini xabar qildi.
Manbalarga koʻra, Eronning Fordo shahrida joylashgan yirik yadroviy obyektga berilgan zarba faqatgina kirish qismlariga zarar yetkazgan, ammo yer ostidagi uyan boyitish infratuzilmasi deyarli shikastlanmagan.
Mazkur xabarlar tarqalishi ortidan Oq uy rasmiylari chiqish qilib, tarqatilgan maʼlumotlarni asossiz va notoʻgʻri deb atadi. AQSH prezidenti matbuot kotibi Kerolin Leavittning soʻzlariga koʻra, bu kabi taxminlar mutlaqo haqiqatga zid boʻlib, ular prezident Donald Trampning obroʻsini tushirishga qaratilgan.
Donald Tramp esa oʻzining “Truth Social” platformasidagi sahifasida vaziyatga munosabat bildirib, AQSH tomonidan Eron hududiga berilgan zarbalarni “tarixdagi eng muvaffaqiyatli harbiy operatsiyalardan biri” deb atadi. U, shuningdek, “CNN” telekanali va “The New York Times” nashrini yolgʻon axborot tarqatishda va voqeani ataylab kichraytirishda aybladi.
Rasmiy Tehron esa hodisaga izoh berar ekan, zarbalar oqibatida yirik talafot kuzatilmaganini bildirgan va Eron oʻz yadroviy dasturini toʻxtatmasligini yana bir bor taʼkidlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring