AQSH noimmigratsion vizalarini olish tartibini oʻzgartirdi
AQSH Davlat departamenti xorijliklar uchun noimmigratsion vizalar, jumladan, turistik B1/B2 vizalarini olish qoidalarini qatʼiylashtirgani haqida xabar qildi.
Yangi tartibga koʻra, endilikda bunday viza turlari uchun ariza topshirish faqat shaxsning oʻz fuqaroligi yoki doimiy yashash mamlakatida amalga oshiriladi.
Shuningdek, noimmigratsion vizalar berilishi toʻxtatilgan 17 davlat fuqarolari uchun AQSH maxsus belgilangan elchixona va konsulxonalarni aniqlab berdi. Ular arizalarini aynan shu vakolatxonalar orqali topshirishi mumkin.

Maʼlum qilinishicha, avval bunday vizalarni istalgan mamlakatdagi AQSH elchixonalari orqali olish imkoni mavjud edi. Ilgari belgilangan suhbat vaqtlari esa oʻz kuchida qoladi.
Yangi qoidalar A, G, C-2, C-3 turdagi vizalarga, NATO vizalariga, shuningdek diplomatik va xizmat vizalariga taalluqli emas. Shuningdek, BMT shtab-kvartirasi haqidagi kelishuvga oid safarlar ham bu cheklovdan mustasno hisoblanadi.
Ayrim hollarda — gumanitar sabablar, tibbiy ehtiyojlar yoki tashqi siyosat masalalari yuzasidan istisnolar qoʻllanilishi mumkinligi qayd etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring