AQSH Kuba, Nikaragua va Kolumbiya ustidan nazoratni oʻz qoʻliga oladi

13:00 08 Yanvar 2026 Dunyo
425 0

Foto: AP

AQSHlik respublikachi senator Rik Skott “Fox Business” telekanalida bergan intervyusida AQSH Lotin Amerikasini toʻliq nazoratga olishni rejalashtirayotganini aytdi.

Xususan, uning soʻzlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlar Kuba va Nikaraguada “tartib oʻrnatish” va Kolumbiyada yangi prezident tayinlash niyatida.

Bu hafta AQSH prezidenti Donald Tramp mintaqada kokain ishlab chiqarilishi sababli Venesuela misolida Kolumbiyada harbiy operatsiya oʻtkazilishi mumkinligini istisno qilmadi.

Shu yilning 3-yanvar kuni Qoʻshma Shtatlar Venesuelaga hujum boshladi. Poytaxt Karakas va Fort Tiuna harbiy bazasida portlashlar sodir boʻldi. Hujumlardan soʻng Tramp operatsiyani muvaffaqiyatli deb atadi va AQSH kuchlari Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasini qoʻlga olganini eʼlon qildi. Oq uy rahbari Maduro “endi prezident emasligini” va Qoʻshma Shtatlar “hokimiyat oʻtkazilgunga qadar” Venesuela boshqaruvini oʻz qoʻliga olayotganini taʼkidladi.

Shu yilning 5-yanvar kuni Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores Nyu-York shahridagi sud oldida javob berdi. Birinchi sud majlisi 30 daqiqa davom etdi.

AQSH unga nisbatan rasmiy ayblovlar qoʻygan: “narkoterrorizm”, kokain kontrabandasi va qurol saqlash.

Maduro bu ayblovlarni tan olmadi va “Men aybsizman. Men halol, munosib insonman. Men hali ham oʻz mamlakatimning prezidentiman”, dedi.

Keyingi sud majlisi 17-mart kuniga belgilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?