AQSH Kongressida Trampga iqtisodiyotni oʻrganishi maslahat berildi
Foto: Reuters
AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati XXI asr iqtisodiyoti haqida tushunchaga ega emas. Bu haqda kaliforniyalik demokrat kongressmen Ro Xanna aytib oʻtdi.
“Men ularda XIX asrning MakKinli (Uilyam MakKinli AQSHning 25-prezidenti — tahr.) siyosati borligini tushunaman, lekin ular XXI asr iqtisodiyotini tushunish kerak”, — deydi siyosatchi.
Shuningdek, u Oq uyning mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish tashabbusi allaqachon barbod boʻlayotganini taʼkidladi. Bunga misol sifatida Xanna Tramp maʼmuriyatining smartfon va kompyuterlarni tariflardan ozod qilish haqidagi qarorini keltirdi.
Avvalroq, Tramp maʼmuriyati smartfonlar va boshqa bir qator qurilmalarni tarif cheklovlari qoʻyiladigan tovarlar roʻyxatidan chiqarib tashlagani maʼlum boʻlgan edi.
Bungacha Xitoy savdo vaziri Van Ventao AQSH rahbari tomonidan joriy qilingan bojlar gumanitar inqirozga olib kelishi mumkinligini aytgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring