AQSH Isroil va Saudiya Arabistoni bilan Eronga qarshi harbiy harakatlarni muhokama qiladi — OAV
AQSH hukumati yangi haftada Eronga qarshi harbiy harakatlar masalasida Isroil va Saudiya Arabistonining yuqori martabali amaldorlari bilan maslahatlashuv oʻtkazishi kutilmoqda.
“Axios” nashrining manbalarga tayanib xabar berishicha, Qoʻshma Shtatlar rahbari Donald Tramp Tehron rahbariyatiga nisbatan harbiy choralar koʻrish variantidan voz kechmagan.
Maʼlumotlarga koʻra, yangi haftada oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan maslahatlashuv jarayonlarida Isroil tomoni Vashingtonga Erondagi ehtimoliy nishonlar boʻyicha razvedka maʼlumotlarini taqdim qilishi kutilmoqda.
Saudiya Arabistoni delegatsiyasi esa mintaqada keng koʻlamli urushning oldini olish uchun diplomatik yechimlarni ilgari surishni rejalashtirgan. Ayni vaqtda Oq uy OAVda tarqalayotgan shu mazmundagi xabarlarga rasmiy izoh bergani yoʻq.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring