AQSH “HAMAS”ni “maqtab qoʻydi”. Endi urush tugaydimi?
Foto: Reuters
Oq uy HAMASning Gʻazo boʻyicha oʻt ochishni toʻxtatish haqidagi soʻnggi taklifini “yutuq” deb atadi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.
AQSHning yuqori martabali mulozimining aytishicha, taklif bir necha kun oldin olingan va prezident Jo Bayden hamda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu oʻrtasidagi muloqot chogʻida batafsil muhokama qilingan.
Biroq amaldor kelishuvni yakunlash va amalga oshirish qiyin kechishi mumkinligini qayd yetgan. Netanyahu “HAMAS” taklifini xavfsizlik kabineti bilan muhokama qilmoqchi va AQSH, Misr hamda Qatar vositachilari bilan muzokaralar olib borish uchun Dohaga guruh yuborishi mumkin.
Qayd etilishicha, Isroil delegatsiyasiga “Mossad” rahbari Devid Barnea boshchilik qiladi. Oq uy ushbu muzokaralar juma kuni boshlanishiga umid qilmoqda. AQSHning yuqori martabali mulozimining taʼkidlashicha, tuzilma mavjud boʻlsada, kelishuvni yakunlash boʻyicha, ayniqsa, amalga oshirish bosqichlari boʻyicha katta ish qolmoqda.
Taklif etilayotgan kelishuvning birinchi bosqichi “HAMAS”ning olti haftalik sulh davomida garovga olingan keksalar, kasallar va ayollarni ozod qilishi, Isroil Gʻazo shaharlarini tark etishi va falastinlik mahbuslarni ozod qilishidan iborat.
Ikkinchi bosqichda qolgan barcha garovga olinganlar ozod qilinadi, harbiy harakatlar butunlay toʻxtatiladi va Isroil Gʻazodan toʻliq chiqib ketadi. Uchinchi bosqichda Gʻazoni qayta qurish boshlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring