AQSH Gruziya rasmiylariga nisbatan viza cheklovlarini joriy qildi
Arxiv foto
Amerika Qoʻshma Shtatlari Gruziya hukumati aʼzolari, qonun chiqaruvchilar va huquq-tartibot idoralari xodimlariga nisbatan viza cheklovlarini joriy qildi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti xabar berdi.
Amerika departamentining tushuntirishicha, bunday choralar “Gruziyada demokratiyani buzishda masʼul boʻlgan yoki unga aloqador boʻlganlarga” nisbatan qoʻllanilgan. Hammasi boʻlib 20 nafar Gruziya fuqarosiga nisbatan sanksiyalar qoʻllanilgan. Davlat departamenti Vashington namoyishchilar, huquq faollari, muxolifatchilar va jurnalistlarga nisbatan zoʻravonlik harakatlarini qoralashini taʼkidladi.
Avvalroq, AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Gruziya hukumatini “tinch yigʻilishlar va oʻz fikrlarini bildirish huquqidan” foydalangani uchun hibsga olinganlarni “zudlik bilan ozod qilishga” chaqirgan edi.
Gruziya poytaxtida 15 kundan beri namoyishlar davom etmoqda. Namoyishchilar barcha hibsga olinganlarning ozod etilishini, shuningdek, parlament deputatlarining qayta saylanishini talab qilmoqda.
Oʻz navbatida, Tbilisi meri va hukmron “Gruziya orzusi – Demokratik Gruziya” partiyasi bosh kotibi Kaxa Kaladze respublikadagi norozilik namoyishlaridan maqsad davlat toʻntarishi ekanligini aytdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring