AQSh Eronning yadroviy obyektlariga zarba berdi

11:43 22 Iyun 2025 Dunyo
249 0

Foto: Oq uy

AQSh Eronning asosiy yadroviy obyektlari “butunlay yoʻq qildi”. Bu haqda prezident Donald Tramp oʻzining Truth Social ijtimoiy tarmogʻida maʼlum qildi.

“Biz zarbalarni muvaffaqiyatli yakunladik. Bombalarning toʻliq yuklamasi asosiy nishon — Fordoga tashlandi. Barcha samolyotlar Eron havo hududidan tashqarida, endi xavfsiz tarzda ortga qaytmoqda”, deb yozgan Tramp.

Shuningdek u “bunday ishni dunyodagi boshqa hech bir harbiy kuch bajara olmasdi”, deya taʼkidlagan.

OAVga koʻra, Erondagi uchta yadroviy obyekt, jumladan, Isroil shu vaqtgacha zarba bera olmay kelayotgan Fordo, shuningdek, Natanz va Isfahon juda muvaffaqiyatli hujumga uchragan.

Fox News nashrining yozishicha, AQSh Eronning Fordo yadroviy obyektiga B-2 Spirit bombardimonchilari bilan 6 ta bunker teshuvchi bomba tashlagan. Bundan tashqari, yana ikki yadroviy obyektga 640 km uzoqlikdagi suvosti kemalaridan 30 ta Tomahawk raketasi uchirilgan.

Shundan soʻng, Eron Isroil shimoli va markaziy hududlariga 40 ga yaqin raketalar uchirish orqali AQSh hujumlariga javob qaytardi. Taʼkidlanishicha, raketalarning 10 tasi nishonga yetib borgani aytilmoqda. Isroil ommaviy axborot vositalariga koʻra, zarbalar Hayfa, Nes-Siona, Rishon-le-Sion va Tel-Aviv shaharlariga yoʻnaltirilgan. Isroil boʻylab havo trevogasi koʻtarilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?