Ilon Mask boyligi 600 milliard dollardan oshgan tarixdagi ilk inson boʻldi
Forbes nashrining xabar berishicha, SpaceX asoschisi Ilon Mask tarixda ilk bor boyligi 600 milliard AQSH dollaridan oshgan insonga aylandi.
Amerikalik milliarder kapitalining oʻsishi kosmik tadqiqotlar bilan shugʻullanuvchi SpaceX kompaniyasining bozor qiymati qayta koʻrib chiqilgani bilan bogʻliq.
Tender taklifi eʼlon qilinganidan soʻng kompaniya qiymati avgust oyidagi 400 milliard dollardan dekabrga kelib 800 milliard dollarga yetdi.
SpaceX aksiyalarining qariyb 42 foizi Ilon Maskka tegishli boʻlgani bois, ushbu jarayondan keyin uning shaxsiy boyligi 168 milliard dollarga oshib, 677 milliard dollarni tashkil etdi.
Qayd etish joizki, avvalgi rekord ham Ilon Maskka tegishli boʻlib, u joriy yilning oktabr oyida boyligi 500 milliard dollardan oshgan tarixdagi birinchi insonga aylangandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring