«Apple»dan uzoq kutilgan xushxabar eʼlon qilindi
«Apple» kompaniyasi «Butunjahon dasturchilar konferensiyasi – 2024»da uzoq kutilgan oʻzining sunʼiy intellekt strategiyasini taqdim etdi. Bu haqda «Reuters» axborot agentligi maʼlum qildi.
Yangi «Apple Intelligence» texnologiyasi «Siri» kabi smartfonlarga integratsiya qilinib, uning imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiriladi. Bunga «OpenAI» kompaniyasi va «Apple»ning oʻzaro kelishuvi sabab boʻldi.
Konferensiyada kompaniya bosh direktori Timoti Kuk «Siri»ning yangi funksiyalarini namoyish qildi. Endi u elektron pochta xabarlari, taqvimlar va uchinchi tomon ilovalari bilan oʻzaro aloqada boʻlishi mumkin. Shuningdek, «Siri» oʻz ohangini turli vaziyatlarga moslashtira oladi.
«Apple» oʻzining sunʼiy intellekt xususiyatlarini kengaytirish bilan birga foydalanuvchi maxfiyligiga sodiqligini taʼkidladi. Kompaniya maxfiylikni oʻz innovatsiyalarining asosiga qoʻyib, «Microsoft» va «Google» kabi raqobatchilardan ajralib turishni maqsad qilgan.
Tahlilchilarning fikricha, «Apple Intelligence» «iPhone» foydalanuvchilarni quvontirsada, uni bu boshqa sunʼiy intellektlardan ustunligini aks ettirmaydi. Shunga qaramay, mazkur innovatsion yondashuv «Tishlangan olma»ning sodiq mijozlariga koʻplab qulayliklar yarata oladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring