“Apple”, “Samsung”, “Redmi”… Oʻzbekiston 2024-yilda qancha smartfon import qildi?

Oʻzbekiston 2024-yil davomida xorijdan umumiy qiymati 374,5 million AQSH dollariga teng boʻlgan qariyb 4,2 million dona mobil telefon import qildi. Bu haqda Statistika agentligi dastlabki maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Mamlakatga olib kelingan mobil telefonlarning aksariyati Xitoy, Vetnam va Hindiston kabi davlatlardan import qilingan. Xususan, Xitoy Oʻzbekiston bozorida eng yirik yetkazib beruvchi sifatida yetakchilik qilmoqda. 2024-yilda 3,4 million dona telefon Xitoydan import qilingan, bu jami importning katta qismini tashkil etadi.
Vetnamdan 589,4 ming dona telefon, Hindistondan esa 113,6 ming dona telefon mamlakatga keltirilgan. Shuningdek, Gonkongdan 46,1 ming dona, boshqa davlatlardan esa 5,4 ming dona telefon olib kirilgan. Ushbu koʻrsatkichlar Oʻzbekiston bozorida smartfon va mobil aloqa vositalariga boʻlgan yuqori talabni aks ettiradi.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, mamlakatda mobil texnologiyalarga boʻlgan ehtiyoj yil sayin oshib boryapti. Internet va raqamli xizmatlarning kengayishi, zamonaviy smartfonlarning hayotning ajralmas qismiga aylanishi, shuningdek, raqamli iqtisodiyotga oʻtish jarayoni mobil qurilmalarga boʻlgan talabni sezilarli darajada oshirgan.
Yurtimiz bozoriga kirib kelgan aksariyat smartfonlar “Samsung”, “Apple”, “Redmi” kabi kompaniyalarga tegishli. Kelgusida Oʻzbekiston ichki bozorida mahalliy ishlab chiqarish hajmini oshirish orqali importga boʻlgan qaramlikni kamaytirish rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, dunyodagi yetakchi smartfon ishlab chiqaruvchilari Oʻzbekiston bozorini jadal rivojlanayotgan hududlardan biri sifatida koʻrib chiqmoqda. Bu esa kelajakda turli xil ishlab chiqaruvchilarning Oʻzbekiston bozoriga yanada faol kirib kelishiga zamin yaratishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
- Sardobaning siri nimada?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring