APLda avgust oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
Angliya Premyer-ligasi avgust oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. Bu haqda Premyer-liganing rasmiy sahifasida xabar berildi.
Maʼlum qilinishicha, “Everton” klubi va Angliya terma jamoasi futbolchisi Jek Grilish oy futbolchisi deb topilgan.

Taʼkidlash kerakki, 30 yoshli futbolchi avgust oyida Premyer-ligada 3 ta oʻyinda maydonga tushdi. “Vulverxempton” va “Brayton” jamoalariga qarshi oʻyinlarda 2 tadan golli uzatmalarni amalga oshirdi.
Futbolchi ayni vaqtda “Sofascore” portali baholash mezoni boʻyicha “Chelsi” futbolchisi Joau Pedro bilan birga yetakchi boʻlib turibdi. Portal har ikki futbolchini oʻrtacha 7,87 ballga baholamoqda.
Maʼlumot uchun, Jek Grilish oʻzbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanovning sobiq jamoadoshi hisoblanadi. U 2021–2025-yillarda “shaharliklar” tarkibida oʻynagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring