APL. “Arsenal” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi

11:13 29 Sentyabr 2025 Sport
216 0

Kecha, 28-sentyabr kuni Angliya Premyer-ligasining 6-turidan oʻrin olgan oʻyinlar yakunlandi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Arsenal” klubi “Nyukasl” mehmoni boʻldi.

Uchrashuv mehmonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda hisob 34-daqiqada “qargʻalar”ning germaniyalik futbolchisi Nik Voltemade tomonidan ochildi. Birinchi taym aynan 1:0 hisobi bilan nihoyasiga yetdi.

Ikkinchi boʻlimning 84-daqiqasida “Arsenal” hisobni tenglashtirdi. Golga zaxiradan oʻyinga qoʻshilgan Mikel Merino mualliflik qildi. Uchrashuvning asosiy vaqtiga qoʻshib berilgan daqiqalarda “londonliklar” himoyachisi Gabriel Magalyaes jamoasining gʻalaba golini kiritdi. Yakuniy hisob 1:2, Mikel Arteta jamoasi foydasiga.

Oʻyindan soʻng, “Sofascore” portali gʻalaba goli muallifi Gabrielni “oʻyin qahramoni” deb topdi. Uning harakatlari 8,6 ballga baholandi.

Maʼlumot uchun, “Arsenal” keyingi oʻyinini UYEFA Chempionlar ligasida “Olimpiakos”ga qarshi oʻtkazadi. Ushbu bahs 2-oktyabr kuni boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер