Anvar Anvarov uchun Olimpiada yakunlandi. U 7.77 metr natija bilan ham finalga chiqolmadi

19:35 04 Avgust 2024 Sport
699 0

Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.

Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Anvar Anvarov “Parij-2024” yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini yakunladi.

Anvarov uzunlikka sakrash boʻyicha saralash dasturida qatnashayotgan Anvarov birinchi urinishda 7.57, ikkinchisida esa 7.77 metr natija koʻrsatdi.

Yengil atletikachimiz, afsuski, bu natija bilan final yoʻllanmasini qoʻlga kirita olmadi.

“Xalq soʻzi” Anvar Anvarovga keyingi musobaqalarda omad tilaydi.

Avvalroq, oʻzbekistonlik soʻnggi bokschi qiz ham Olimpiadani tark etgani haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер