Angrenda sifati kafolatlanmagan dori vositalarini sotgan fuqaro qoʻlga tushdi

15:23 24 Fevral 2025 Jamiyat
144 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Toshkent viloyatida sifati kafolatlanmagan dori vositalari hamda tibbiyot buyumlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Unga koʻra, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan Angren shahrida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Tadbir davomida noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro A.A. umumiy qiymati 132,4 million soʻmlik 6 turdagi sifatini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan dori vositalarini sotishga uringani aniqlandi.

Qonunbuzar sifati kafolatlanmagan ushbu dori vositalarini boshqa bir fuqaro I.Ya.ga 8 800 AQSH dollariga sotgan vaqtida tezkor tadbir xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, — deyiladi departament xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?