Andijondagi qishloqda qiymati 3,1 mlrd soʻmlik suzish havzasi barpo etildi

16:56 07 Sentyabr 2018 Jamiyat
3323 0
Arxiv foto

Saminjon Husanov, “Xalq soʻzi Online". Andijon viloyatining chekka qishloqlarida ham sportni rivojlantirishga boʻlgan eʼtibor kun sayin ortib bormoqda. Paxtaobod tumanida qurib foydalanishga topshirilgan yopiq suzish havzasi bunga misol boʻla oladi. “Oltinkoʻl bunyodkori” MCHJ tomonidan 3,1 milliard soʻm davlat mablagʻi evaziga barpo etilgan ushbu maskanda oʻgʻil-qizlar suzishdan saboq oladilar.

- Bolaligimdan suzishga qiziqsamda, tumanimizda bunga imkon yoʻqligidan afsuslanardim, - deydi Madaniyat mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi Sherzodbek Abdurahmonov. – Faoliyat yurita boshlagan suzish havzasida tajribali murabbiy koʻmagida suzish bilan shugʻullana boshladim. Kelgusida nufuzli musobaqalarda ishtirok etib, yurtimiz shaʼnini himoya qilishdan umidvorman.

Ushbu havzani isitish moslamalari koʻmir va gazga moslashgan boʻlib, bu yilning toʻrt faslida ham benuqson faoliyat yuritish imkonini beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер