Andijondagi YTHda 61 yoshli haydovchi halok boʻldi
Illyustrativ foto
Andijon viloyati sodir boʻlgan YTHda haydovchi halok boʻlgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa bugun, 1-avgust kuni Baliqchi tumanida sodir boʻlgan. 61 yoshli T.A. “Nexia-2” mashinasini tuman markazi tomonidan boshqarib kelib chorrahada asosiy yoʻldan kelayotgan “Zil-130” yuk mashinasini oʻtkazib yubormasdan chap tarafga keskin burilgan.
Shunda “Zil-130” haydovchisi tormoz bosishga ulgurmagan va “Nexia-2” bilan toʻqnashgan. Oqibatda ogʻir “Nexia-2” haydovchisi tan jarohatlari olgan holda shifoxonada vafot etgan.
Maʼlum qilinishicha, holat yuzasidan, Baliqchi tumani IIB Tergov boʻlimi xodimlari tomonidan tergovga qadar dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ramazon va tibbiy yondashuv: kimlar ehtiyot boʻlishi kerak?
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring