Andijonda yangi OTM ochildi
Bugun Andijon iqtisodiyot va qurilish institutining ochilish marosimiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Tadbirda Andijon viloyati xokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etdi. Viloyat rahbari tadbir mobaynida 2020-2021 oʻquv yilida oʻqishga qabul qilingan talabalar bilan ham uchrashuv oʻtkazib, ularni talabalikka qabul qilinganligi munosabati bilan muborakbod etdi. Tadbirda viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari rektorlari, mehnat faxriylari ishtirok etdi.
Maʼlumot uchun, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining “Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish mablagʻlari jamgʻarmasi” mablagʻlari hisobidan oʻquv binolarini joriy taʼmirlash va jihozlash ishlari uchun 2 mlrd 485 mln soʻm mablagʻ ajratilgan. Ushbu mablagʻlarni 2 mlrd soʻmi oʻquv binolarini joriy taʼmirlash ishlariga 485 mln soʻmi esa jihozlash uchun sarflandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring