Andijonda transformatordagi qisqa tutashuv oqibatida 4 yoshli qizcha kuyib qoldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda transformator ichiga kirgan 4 yoshli qizchani tok urgani mazmunidagi xabar va videolar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon viloyat filiali munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 13-iyul kuni Andijon tumanidagi aholi punktlaridan birida joylashgan koʻp qavatli uyning yertoʻlasida 35/04 kV kuchlanishli va 1000 kVA quvvatli transformator podstansiyasida qisqa tutashuv sodir boʻlgan.
Maʼlumotlarga koʻra, qizaloqning mushugi eshik tirqishidan yertoʻlaga yugurib kirib, yuqori kuchlanishda ishlayotgan transformatorning ichiga kirgan va qisqa tutashuv sodir boʻlgan. Chaqnash vaqtida eshik ortidan mushukni kuzatib turgan qizchaning yuzi ham kuygan.
Qizchaga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam koʻrsatilib, shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda uning ahvoli barqaror deb baholanmoqda.
Avvalroq Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi xususiy bogʻchada 2,5 yoshli qizaloq vafot etgani haqida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring