Qashqadaryodagi xususiy bogʻchada 2,5 yoshli qizaloq vafot etdi
Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi xususiy bogʻchada 2,5 yoshli qizaloq vafot etdi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning maʼlum qilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Kun.uz”ning yozishicha, hodisa joriy yilning 20-iyun kuni Koson tumani Ushoqtepa mahallasidagi L.H.ga tegishli xususiy bogʻchada sodir boʻlgan. Oʻsha kuni xususiy bogʻcha rahbari odatdagidek, oʻzining “Spark” rusumli mashinasida 2,5 yoshli Z.I.ni bogʻchaga olib ketgan. Oradan koʻp oʻtmay uning yaqinlariga qizaloqning tobi boʻlmay qolgani haqida xabar berilgan.
Qizaloqning oila aʼzolari poliklinikaga borganida shifokorlar bola hayot alomatlarisiz olib kelinganini aytib, u ekspertizaga olib ketilganini aytgan.
Ushoqtepa mahallasi raisining soʻzlariga koʻra, qizaloqning vafotidan soʻng xususiy bogʻcha faoliyati toʻxtatilgan.
Hayot Shamsutdinov qizning oʻlim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangani, tekshirish harakatlari har tomonlama, toʻliq va xolisona oʻtkazilishi va natijasi boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanishini maʼlum qildi.
“Marhumaning yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etib, hamdardlik bildiramiz”, deb yozadi BP matbuot kotibi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring