Andijonda “Tozalash” kompleks tezkor-profilaktik tadbirlari oʻtkazildi

IIV ishchi guruhi tomonidan Andijon viloyatida olib borilgan hamkorlikdagi “Tozalash” kompleks tezkor-profilaktik tadbirlari davomida tovlamachilik, giyohvandlik vositalarining muomalasi, yer resurslarini talon-toroj qilish, noqonuniy diniy saboq berish kabi holatlarga chek qoʻyildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, tadbirlar davomida 106 ta jinoiy, 596 ta maʼmuriy, jami 702 ta holat aniqlangan. Shundan 117 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan boʻlsa, 633 nafar shaxsga nisbatan maʼmuriy choralar koʻrilgan.
Shuningdek, 39 ta jinoyat fosh etilib, 30 nafar qidiruvdagi shaxs ushlandi. 1123 nafar shaxs rasmiy ogohlantirilgan. Qoʻlga olingan jinoiy guruh va shaxslardan 4,5 kilogramm giyohvandlik vositalari, 1453 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari, 24 ta noqonuniy qurol, 478 dona tigʻli buyumlar olinib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.
Firibgarlik
Tezkor tadbir vaqtida oʻzaro til biriktirib, 1988-yilda tugʻilgan ayolning shaxsiga doir maʼlumotlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatish bilan qoʻrqitib, undan 5 ming dollar talab qilgan 2006 va 2002-yilda tugʻilgan ikki nafar shaxs qoʻlga olingan. Ular aytilgan pulning teng yarmini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Noqonuniy yer savdosi
Xoʻjaobod tumanida yashovchi shaxs 2 gektar yer maydonini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berishini aytib, evaziga 300 ming dollar talab qilgan. U kelishilgan puldan 50 ming dollarini olgan vaqtida qoʻlga tushgan.
Ogʻufurushlik
“Tozalash” kompleks tezkor-profilaktik tadbirlari davomida 1967-yilda Andijon shahrida tugʻilgan shaxsning yashash uyi yertoʻlasida giyohvandlik va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari aniqlandi. U 2 kilogramm 37 gramm marixuana hamda 86 dona kuchli taʼsir etuvchi dori vositalarini sotish maqsadini koʻzlab, saqlab kelayotgani fosh etildi.
Hujra tashkil etganlik
IIV ishchi guruhi tomonidan 2 nafar shaxs 2024-yilning avgust oyidan buyon Andijon shahridagi xonadonida moddiy manfaat evaziga 13 nafar voyaga yetmaganlarga noqonuniy diniy saboq berib kelayotgani aniqlangan.
Mazkur fakt bilan bogʻliq tadbir Andijon tumanida ham davom ettirilganida, ushbu tumanda yashovchi shaxs 1988-yilda tugʻilgan shaxs 7 fuqaroga noqonuniy diniy saboq berib kelgani maʼlum boʻlgan.
Hozirda aniqlangan barcha holatlar boʻyicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring