Andijonda temiryoʻl sisternasiga chiqqan erkakni tok urdi
Andijon viloyatidagi Poytugʻ bekatida temiryoʻldagi sisternaga chiqqan erkakni tok urdi. Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa 10-iyun kuni sodir boʻlgan. Unda begona fuqaro temir yoʻl stansiyasi hududiga kirib, ikkinchi yoʻlda boʻsh turgan sisternaga chiqib olgan.
Vagonda boʻlgan erkak kontakt tarmogʻidagi kuchlanish taʼsiriga tushib, yerga yiqilgan. Stansiya navbatchi xodimi tez tibbiy yordam brigadasini chaqirgan. Jabrlanuvchiga zarur tibbiy yordam koʻrsatilib, tibbiyot muassasasiga olib borilgan.
Ushbu holat tasvirlangan videolar ijtimoiy tarmoqlarda ham tarqalib, turli muhokamalarga sabab boʻldi. Videolarda erkak vagon yuqorisida tanasi yonishni boshlagan holda yopishib qolgani, soʻng oʻzini pastga tashlagani koʻrinadi.
“Temir yoʻl va infratuzilma yaqinida xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilishni yana bir bor eslatib oʻtmoqchimiz. Temir yoʻl infratuzilmasi obyektlariga oʻzboshimchalik bilan kirish hayot va sogʻliq uchun jiddiy xavf tugʻdiradi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq Toshkent shahar Yunusobod tumanida poyezd ustida selfi tushmoqchi boʻlgan ikki bolani tok urgani haqida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring