Fargʻonada ikki maktab oʻquvchisini 27 ming voltli tok urdi
Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanida poyezd vagonlari ustida selfi tushmoqchi boʻlgan ikki yigitni 27 ming voltli tok urdi. Bu haqda “Zamon” dasturida xabar berildi.
Qayd etilishicha, holat 17-sentyabr kuni soat 13:00 atrofida Uchkoʻprik tumanidagi Qaqir temiryoʻl bekatida sodir boʻlgan. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida aniqlanishicha, Buvayda tumaniga qarashli 1-sonli maktabning 2 nafar 10-sinf va 1 nafar 8-sinf oʻquvchilari temiryoʻl izlarini belgilanmagan joyidan kesib oʻtib, taqiqlangan hududga kirgan.
Soʻngra ular selfi tushishish uchun bekatdagi bugʻdoy tashuvchi vagonning ustiga chiqqan vaqtlarida ehtiyotsizlik oqibatida ulardan ikki nafarini yuqori kuchlanishli elektr toki urgan.
“Turli darajada tan jarohatlari olgan bolalar tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga yuborilgan. Ulardan biri jonlantirish boʻlimiga oʻtkazilgan, tanasining 65 foiz kuygani aytilmoqda. Ikkinchi bemorga tananing termik kuyish va oʻng oyoq son suyagi sinishi tashxisi bilan yordam koʻrsatilgan va yashash joyiga davolanishga oʻtkazilgan”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring