Andijonda tadbirkorning 3,9 mlrd soʻmlik yoqilgʻisini qoʻlga kiritgan MCHJ aniqlandi

19:53 22 Iyul 2024 Iqtisodiyot
178 0

Illyustrativ foto

Andijonda tadbirkorning 3,9 mlrd soʻmlik yoqilgʻisini qoʻlga kiritgan MCHJ aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.

Unda, “A.T.” MCHJ rahbari D.Y. (muqaddam sudlangan) F. MCHJ bilan neft mahsulotlari yetkazib berish boʻyicha tuzilgan shartnomaga asosan jami 3,9 mlrd soʻmlik A-95 markadagi benzin yonilgʻisini qabul qilib olib, ushbu mahsulotlarni sotuvidan tushgan mablagʻlarini shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflar yuborib, oʻzganing juda koʻp miqdordagi mulkini oʻzlashtirgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер