Andijonda sobiq turmush oʻrtoqlariga aliment toʻlamagan erkak mashinasidan ayrilishi mumkin

19:20 26 Avgust 2024 Jamiyat
225 0

Illyustrativ foto

Andijon viloyati Xoʻjaobod tumanida yashovchi D.B. ikki ayolidan tugʻilgan jami uch nafar farzandi uchun aliment toʻlamay yurgani aniqlandi. Bu haqda MIB matbuot kotibi Farrux Toshpoʻlatov “Xalq soʻzi”ga maʼlum qildi.

Bildirilishicha, fuqarolik ishlari boʻyicha Asaka tumanlararo sudining 2017-yil 3-avgustdagi buyrugʻiga koʻra, qarzdor D.B.dan undiruvchi F.R. foydasiga bir nafar farzandi uchun, yana bir ijro hujjatiga asosan undiruvchi M.B. foydasiga ikki nafar farzandi uchun aliment toʻlashi belgilangan.

Biroq qarzdor ota ikki ayoliga ham bolalari taʼminoti uchun aliment toʻlamasdan kelgan. Hujjatlarga koʻra, qarzdorning hozirda jami 53 million soʻmdan ziyod aliment qarzi mavjud. Shu sababli byuroning Xoʻjaobod tuman boʻlimi davlat ijrochisi tomonidan qarzdorning egaligida “Cobalt” mashinasi borligi aniqlanib, aliment qarzi uchun xatlab qoʻyildi.

“Qarzdor ota farzandlari alimenti uchun tegishli mablagʻni toʻlamagan taqdirda avtomashina kimoshdi savdosiga qoʻyilib, voyaga yetmagan shaxslarning manfaatlari himoya qilinishi taʼminlanadi”, deydi MIB matbuot kotibi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер