Andijonda Senatning oʻninchi yalpi majlisida koʻrib chiqilgan masalalar mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka yetkazildi
Senatning oʻninchi yalpi majlisida maʼqullangan qonunlar va muhokama qilingan masalalar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida senatorlar hududlarda uchrashuvlar oʻtkazmoqda.
Shu maqsadda Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Qutbiddin Burxonov xizmat safari bilan Andijon viloyatida boʻlib, xalq deputatlari viloyati Kengashida tegishli tadbir tashkil etildi.
Unda viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari, kotibiyat mudirlari, viloyat prokuraturasi, adliya, maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari masʼul xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda Senatning oʻninchi yalpi majlisida koʻrib chiqilgan muhim qonunlar, xususan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga transport xizmati koʻrsatishni tashkil etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi hamda “Kreditorlarning garov bilan taʼminlangan talablarini qanoatlantirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlar va boshqa masalalar mazmun-mohiyati haqida fikr yuritildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring