Andijonda “Nexia-3” haydovchisi uxlab qolib, YTH sodir etdi
Foto: Andijon YHXB
Andijon viloyati Oltinkoʻl tumanida “Nexia-3” haydovchisi uxlab qolishi oqibatida “Nexia” avtomobili bilan toʻqnashib ketdi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, voqea bugun, 23-oktyabr kuni soat 13:15 larda Oltinkoʻl tumani “Oqtepa” MFY hududidan oʻtgan D-105 “Fargʻona xalqa yoʻli” avtomobil yoʻlining 132 kilometrida sodir boʻlgan.
“Nexia-3” rusumli mashinani boshqarib kelayotgan 35 yoshli haydovchi V.M. uxlab qolib, yoʻlning qarama-qarshi tomoniga oʻtib ketgan. Oqibatda oʻz yoʻnalishida kelayotgan “Nexia” rusumli transport vositasi bilan toʻqnashib, yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.
Ushbu YTH tufayli “Nexia-3” rusumli transport vositasining 1 nafar yoʻlovchisi tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga murojaat qilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Oltinkoʻl tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring