Andijonda “Lacetti” va tez yordam mashinasi toʻqnashib ketdi

15:28 16 Yanvar 2026 Jamiyat
380 0

Foto: Andijon YHXB

Andijon shahrida “Nexia-3”, “Lacetti” va “Hyundai” rusumli tez yordam mashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea kecha, 15-yanvar kuni soat 13:30 larda Andijon shahar Yu. Otabekova koʻchasida yuz bergan. T.M. ismli 26 yoshli haydovchi “Nexia-3” rusumli avtomashinasida tartibga solingan “Shaytepa” chorrahasiga kelib, qarama-qarshi tomondan kelayotgan “Lacetti”ni oʻtkazib yubormasdan keskin ortga qayrilib yuborgan.

Oqibatda toʻqnashuv yuz berib, “Lacetti” haydovchisi rul boshqaruvini yoʻqotgan va belgilangan joydan ortga qayrilib olayotgan “Hyundai” rusumli tez yordam maxsus avtomashinasiga borib urilgan. Bildirilishicha, YTH tufayli hech kim tan jarohati olmagan, biroq avtomashinalar texnik shikastlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?