Andijonda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi boʻlib oʻtmoqda

15:15 05 Iyul 2024 Jamiyat
127 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon shahrida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi boʻlib oʻtmoqda. Unda respublikamizning bir nechta viloyatlaridan tashrif buyurgan tadbirkorlar oʻz mahsulotlari bilan qatnashdi.

Tadbirda viloyat hokimi soʻzga chiqib, viloyatda import mahsulotlarini oʻzlashtirish maqsadida mahalliy sanoatni rivojlantirish orqali 5,6 trillion soʻmlik yangi mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha 129 ta loyihani qamrab olgani, koʻplab yangi loyihalar ishga tushirilishi natijasida kooperatsiya aloqalari yanada kengashi haqida toʻxtalib oʻtdi.

Tadbirda sanoatning barcha yoʻnalishlarida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar oʻz mahsulotini namoyish etdi.

— Korxonamizda yuzdan ortiq turdagi trikotaj mahsulotlari ishlab chiqariladi, — deydi Qoʻrgʻontepa tumanidagi “Khantex group” klaster korxonasi rahbari Elshodbek Mirahmedov. — Ularning asosan Rossiya, Qozogʻiston, Turkiya kabi davlatlarga eksport qilinmoqda. Sanoat yarmarkasida yangi hamkorlik munosabatlari yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Mazkur sanoat yarmarkasi mahalliy tadbirkorlar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, mahsulot turini orttirish va iqtisodiy ijobiy natijalarga erishishga xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?