Andijonda hokim oʻrinbosari 15 000 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi
Andijon viloyati Marhamat tumani hokimi oʻrinbosari tezkor tadbir davomida pora olayotganda qoʻlga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati maʼlum qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, hokim oʻrinbosari tuman hududidan oʻtgan yoʻl boʻyidagi 400 metrlik zovurni yopiq tizimga oʻtkazish orqali hosil boʻladigan 60 sotix yer maydonida 8 ta savdo doʻkoni qurish uchun yer ajratib berishni va tegishli hujjatlarni yuqori lavozimdagi tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan. Bu xizmatlari uchun u fuqarodan 15 ming dollar pora talab qilgan.
Manbalarga koʻra, u kelishilgan pulning 200 dollarini oldindan olgan, qolgan 14 800 dollarni olayotgan vaqtda esa DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Holat yuzasidan hokim oʻrinbosariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora olish) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Sud tomonidan unga qamoq ehtiyot chorasi qoʻllandi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring