Andijonda fuqaro 186,1 mln soʻmlik gazdan noqonuniy foydalandi

Foto: “Oʻzenergoinspeksiya”
Andijon viloyatida fuqaro tomonidan 186,1 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Andijon viloyat hududiy boshqarmasi va gaz taʼminot korxonasi hamkorligida nazorat tadbiri oʻtkazilgan. Unda Izboskan tumanida joylashgan yakka tartibdagi tadbirkor “A.R.” oʻziga qarashli binoda hech qanday hujjatsiz, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangan.
Ushbu holat boʻyicha dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, gaz taʼminoti korxonasi tomonidan 186,1 mln soʻm miqdoridagi tabiiy gaz qayta hisoblangan.
Taʼkidlanishicha, qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda chora koʻrish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring