Andijonda “Dunyo sadolari” festivaliga qancha mablagʻ sarflangani maʼlum qilindi

18:46 04 Avgust 2024 Madaniyat
586 0

Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻlgan Andijon viloyatining Xonobod shahrida 29—31-iyul kunlari boʻlib oʻtgan “Dunyo sadolari” xalqaro milliy estrada sanʼati festivaliga barcha manbalar hisobidan jami 6 milliard soʻm mablagʻ sarflandi. Bu haqda viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Viloyat hokimligi bergan axborotga koʻra, ushbu xalqaro tadbir aholi uchun samarali tomonlama yirik iqtisodiy oʻzgarishlarni ham yasadi. Qayd etilishicha, festival davomida Xonobod shahriga mahalliy va xorijiy tashrif buyuruvchilar soni 2,5 barobarga (2 million nafar) ortdi. Tadbirkorlik subyektlarida tushum keskin ortdi. Jumladan, 2024-yilning 7 oyi davomida tushum 48 milliard soʻmni tashkil qilgan boʻlib, (shundan 29—31-iyul kunlari 8,5 milliard soʻmga yetgan) oʻtgan yilning mos davrida nisbatan ikki barobarga koʻp.

“Bu koʻrsatkichlar Xonobod shahridagi tadbirkorlik subyektlari va aholi daromadi oshganligini koʻrsatmoqda”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, maʼlum qilinishicha, savdo va xizmat koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar soni oʻtgan 2023-yilda 48 tani tashkil etgan boʻlsa. 2024-yildagi xalqaro tadbir davomida doimiy faoliyat olib boruvchi tadbirkorlik faoliyatlari soni 230 taga koʻpayib, qariyb besh barobarga ortdi.

Mehmonlarga xizmat koʻrsatuvchi dala hovli va uy mehmonxonalaridagi yotoq joylar soni 1900 tani tashkil qilgan boʻlsa 2024-yilda bu raqam 6 mingdan ortdi. Ayniqsa, aholi daromadlarini oshirish, ish bilan taʼminlash va kam daromadli fuqarolarning daromadini oshirishda “Sayxunobod”, “Uychi” tajribasi asosida 600 dan ortiq xonadonlarda uy-mehmonxonalar tashkil etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер