Andijonda mast erkak 3 yashar chaqaloqning ustidan qaynoq suv quydi. Qizaloq vafot etdi
Andijonda mast erkak 3 yoshli qizchaning ustiga qaynoq suv toʻkib yubordi. Bu haqda “Zamon” dasturida xabar berildi.
Maʼlumotlarga koʻra, 2021-yil 11-yanvarga oʻtar kechasi soat 2:00 da J. (erkak) oʻz uyida ijarada yashayotgan ayolning xonasiga kirgan. U shahvoniy nafsini qondirish maqsadida ayolga taklif bildirgan. Ayol esa ushbu taklifni rad etgan.
Qayd etilishicha, ushbu erkak va ayol avvaldan telefon orqali muloqotda boʻlishgan.
Erkak taklifi qabul qilinmagach ayoning 2018-yilda tugʻilgan farzandining ustiga 2 litr qaynoq suv quyib, ogʻir tan jarohati yetkazgan.
Qizaloq ogʻir kuyish jarohatidan vafot etdi.
Ushbu ish Jinoyat ishlari boʻyicha Andijon viloyat Buloqboshi sudida koʻrib chiqildi. Jinoyatni sodir etgan erkakka sud 8 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring