Andijon yuridik texnikumi bitiruvchilariga diplom topshirildi

17:04 26 Iyul 2023 Jamiyat
748 0

Foto: “Xalq soʻzi”

2023-2024 oʻquv yilida Andijon yuridik texnikumini 107 nafar yigit-qiz “Davlat huquqiy faoliyati”, “Yuridik xizmat” va «Sud-huquqiy faoliyati” mutaxassisligi boʻyicha tamomladilar.

Kuni kecha bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi oʻtkazildi. Unda bitiruvchi yoshlarning ota-onalari, yaqinlari bilan bir qatorda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, advokatura hamda notarial idoralar xodimlari ishtirok etdilar.

Texnikum bitiruvchilari orasida yuqori natijalarga erishgan oʻquvchilar yurisprudensiya mutaxassisligi boʻyicha yuridik kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi oliy taʼlim muassasalariga test sinovlarisiz yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali 2-bosqichdan qabul qilinadilar. Texnikumning 3 nafar bitiruvchisi shunday sharafga muyassar boʻldi va ularga yoʻllanmalar tantanali ravishda topshirildi.

Qayd etish lozim, oʻtgan 4 yil davomida Andijon yuridik texnikumini 543 nafar oʻquvchi tamomlagan. Ularning aksariyati adliya organlari, Davlat xizmatlari markazlari, sudlar hamda majburiy ijro byurosi boʻlimlarida inspektor, ish yurituvchi, sudya va advokat yordamchisi, notarius kotibi vazifalarida ishlab kelmoqda.

Bitiruv oqshomi yakunida oʻquv yili davomida faollik koʻrsatgan pedagog xodimlar, oʻzining xulqi, aʼlo baholarga oʻqishi, jamoat ishlarida koʻrsatgan faolligi uchun bir guruh oʻquvchilar tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Umidjon MAMARASULOV,

jurnalist.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер