Andijon viloyatida “Turizm axborot markazlari” tashkil etilmoqda

15:13 28 Iyul 2023 Madaniyat
1124 0

Turizmni rivojlantirishda yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish va ularning koʻlamini kengaytirish, bu orqali aholi bandligini taʻminlash boʻyicha hududlarda keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, turistik axborot markazlari faoliyatini tashkil etish nuqtalarini kengaytirish, ularning xizmatlaridan foydalanish uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilash ichki turistlar sonini bir necha karra ortishida muhim ahamiyatga ega.

Respublikamizga, xususan Andijon viloyatiga tashrif buyurgan sayyohlar, eng avvalo, viloyatning turizm salohiyati, imkoniyatlari hamda qachon va qayerga borishlari mumkinligi haqida maʻlumotlar bilan taʻminlanishi vazifasi dolzarb hisoblanadi.

Andijonga tashrif buyurgan sayyohlarni kerakli viloyatning turizm imkoniyatlari haqida maʻlumotlar bilan taʻminlash maqsadida mehmonxonalarda “Turizm axborot markazlari” tashkil etilmoqda.

Turizm axborot markazlari viloyat madaniyat va turizm boshqarmasi tomonidan belgilangan standartlar asosida Andijon viloyatining yangi chop etilgan turizm xaritasi, va hududning turizm salohiyatini oʻzida aks ettirgan turli targʻibot materiallari bilan toʻliq taʻminlandi.

Turizm axborot markazlari bosqichma-bosqich viloyatdagi barcha joylashtirish vositalari va sayyohlar oqimi yuqori boʻlgan obyektlarida tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?