Andijon viloyatida 122 mln soʻmlik tabiiy gazdan oʻgʻrincha foydalangan korxona aniqlandi
Respublikamizning barcha hududlarida tabiiy gaz taʼminotidagi noqonuniy holatlarni aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda. Andijon viloyati Xoʻjaobod tumanida “Hudud gaz Andijon“ gaz taʼminoti filiali komplayens-nazorat tuzilmalari, tuman gaz taʼminoti boʻlimi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan reyd jarayonida qonunbuzilish holati fosh etildi.
Tumanning “Quvvatmurod“ MFY hududida joylashgan “S. Q.“ MCHJga qarashli hammom va umumiy ovqatlanish maskanida tabiiy gazdan foydalanish holati xatlovdan oʻtkazildi. Oʻrganish jarayonida isteʼmolchi oʻzboshimchalik bilan hisoblagichning ruxsat etilgan maksimal oʻlchash chegarasidan chetga chiqqan holda 11 dona qozon, 1 dona choy boki, 2 dona isitish qozoni, 1 dona nostandart isitish pechi, 2 dona ATMS-30 isitish qozoni va 1 dona 80 litrli gaz titanidan foydalanishda tarmoqqa gaz hisoblash uskunasidan tashqari rezina shlang orqali ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani maʼlum boʻldi.
Holat boʻyicha tegishli tartibda dalolatnoma tuzilib, 122 million soʻmlik zarar qayta hisob-kitob qilindi. Barcha maʼlumotlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Akmaljon XOLIQOV,
jurnalist.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring