Andijon viloyati SSBga yangi boshliq tayinlandi

Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli buyrugʻi bilan Mamajonov Shohruxmirzo Olimjonovich Andijon viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Soʻnggi ikki yilga yaqin vaqt davomida boshqarmaga rahbarlik qilib kelgan Jurʼatbek Quvvatov lavozimini tark etdi. Uning oʻrnini Shu vaqtga qadar Sogʻliqni saqlash vazirligi Fan-taʼlim va innovatsiyalar boshqarmasi Malaka oshirish va qayta tayyorlash boʻlimi boshligʻi sifatida faoliyat koʻrsatib kelayotgan Shohruxmirzo Mamajonov egalladi.
Maʼlumot uchun, Shohruxmirzo Mamajonov 2006-yil Andijon davlat tibbiyot institutining bakalavr, 2009-yil magistratura bosqichini tamomlagan. U mehnat faoliyatini Andijon viloyati qon quyish stansiyasida uslubchi-vrach sifatida boshlagan.
U turli yillarda Andijon viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi xususiylashtirish va pullik xizmatni tashkil qilish boʻlimi boshligʻi, boshqarma boshligʻining tibbiy xizmatni tashkillashtirish boʻyicha birinchi oʻrinbosari, Sogʻliqni saqlash vazirligi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlimi boshligʻi vazifasini bajaruvchi kabi lavozimlarda ishlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring